Elektrokarlar, sun‘iy ko‘llar va maxsus rejim: Samarqand shahri uchun “yashil” model ishlab chiqildi

Loyiha doirasida 50 ta elektrobus xarid qilish, shahar atrofida “yashil belbog‘” barpo etish hamda chiqindilarni boshqarishning yangi tizimini joriy qilish rejalashtirilmoqda.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbek alifbosi tubdan o‘zgarmaydi: Qonunchilik palatasi alifbo islohotini ma’qulladi

Deputatlar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid qonun loyihasini qabul qilib, Senatga yubordi.

hafta yakuni, yangiliklar


QR-kod, aqlli kameralar va saygaklarsiz hudud: Sergeli avtomobil bozorida nimalar o‘zgardi?

Raqamlashtirish natijasida bozor daromadi 28 mlrd so‘mdan 31,3 mlrd so‘mga yetdi. Yil yakunigacha bu ko‘rsatkichni 100 mlrd so‘mga yetkazish rejalashtirilmoqda.

hafta yakuni, yangiliklar


“Maqsadimiz — ikkinchi bo‘lib qolish”: Uklon rahbari bilan O‘zbekistondagi raqobat va rejalari haqida suhbat

Hamma birinchi bo‘lishga intilayotgan bir paytda, Uklon nega ikkinchi o‘rinni saqlab qolishni afzal ko‘rmoqda? Kompaniya bosh direktori Sergey Grishkov bilan Toshkent taksi bozoridagi real vaziyat, yangi raqobatchilarning kirib kelishi va nima sababdan viloyatlarga chiqish kechiktirilayotgani haqida qisqacha suhbat.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Toshkentda elektr ta’minotidagi avariyalar bo‘yicha maxsus komissiya ish boshladi
    Joriy yozda elektr energiyasiga talab o‘tgan yilga nisbatan yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Energetika tizimida korrupsiya uchun sudlangan barcha xodimlar ishdan olinadi.
  2. Toshkentdagi 212 ta avtobus bekati hokimlik tasarrufiga o‘tkaziladi
    Bekatlar joylashgan yer uchastkalari hokimlikka doimiy foydalanish huquqi bilan, ulardagi inshootlar esa mulk huquqi asosida rasmiylashtiriladi.
  3. Potidagi savdo-logistika xabi va $1 mlrdlik shartnomalar: O‘zbekiston va Gruziya nimalarni kelishib oldi?
    ISSV rahbari O‘zbekistonda mehmonxona va turar joy majmualarini qurish bo‘yicha $400 mlnlik loyihalar portfeli mavjudligini ma‘lum qildi.
  4. O‘zbekiston davlat budjeti birinchi yarim yillikni $150 mln profitsit bilan yakunladi
    Ijobiy natija asosan mart oyidagi yuqori daromadlar hisobiga ta’minlandi, o‘shanda daromadlar xarajatlardan 10,2 trln so‘mga oshgan edi.
  5. O‘zbekistonga ayrim yuk avtomobillarini olib kirishda bojxona boji va utilizatsiya yig‘imi bekor qilinadi
    Imtiyozlar Yevro-5 va undan yuqori ekologik standartlarga mos yuk avtomobillari hamda ayrim yarim tirkamalarni qamrab oladi.
  6. O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay’ni ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
    Markaziy bank hozirda texnik ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi. Servislarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan muzokaralar kuz oylariga rejalashtirilgan.
  7. Toshkent ko‘chalarida robot-kuryerlar paydo bo‘ldi
    Yandex Uzbekistan Spot’ga bu robotlar kompaniyaga tegishli ekanini tasdiqlab, hozirda sinovdan o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.
  8. O‘zbekistonda soliq keshbekidan voz kechish, o‘rniga lotereyalar chiqarish taklif etilmoqda
    Joriy yilda keshbek uchun budjet xarajatlari 1,8 trln so‘mga yetishi kutilmoqda. Davlat lotereyalarini joriy etish esa uni qariyb 20 barobarga qisqartirishi mumkin.
  9. O‘zbekistonda 30 yildan oshgan eski avtomobillar egalari uchun jarima joriy etilmaydigan bo‘ldi
    Qonun loyihasidan eski avtomobillar uchun har yili ekologik kompensatsiya to‘lash talabi chiqarib tashlandi. Hukumat majburiy choralar o‘rniga rag‘batlantiruvchi choralarni qo‘llamoqchi.
  10. Senat Enterprise Uzbekistan markazi haqidagi qonunni qaytardi
    Hujjat investorlar huquqlarini himoya qilish va markaz boshqaruvi vakolatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan takomillashtiriladi.
  11. Etihad Airways 10-avgustdan Abu-Dabi va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi
    Poytaxtlar o‘rtasidagi parvozlar har kuni amalga oshiriladi. Bungacha Transport vazirligi qatnovlar 17-avgustda boshlanishi haqida xabar bergandi.
  12. Dilnoza Kattaxonova Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi
    Mazkur vazifada ishlab kelgan Zulayho Mahkamova lavozimidan ozod etildi.
  13. Prezident Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi
    PA rahbari Saida Mirziyoyeva ushbu qonun jahon bozorining eng qimmatli aktivi hisoblangan ishonchga investitsiya bo‘lganini taʼkidladi.
  14. Daromadi $1 mlrd bo‘lgan Centrum Holding 2027-yilda Londonda IPO o‘tkazishga tayyorlanmoqda
    Kompaniya asoschisi va bosh direktori Abdulaziz Abdurahmonov biznesni kengaytirish uchun strategik investorlarni jalb qilish niyatida.
  15. Soliq qo‘mitasi P2P-o‘tkazmalari bo‘yicha Markaziy bank pozitsiyasiga munosabat bildirdi
    Qo‘mita banklar bilan axborot almashinuvi faqat qonun doirasida, bank siri va shaxsga doir ma‘lumotlar himoya qilingan holda amalga oshirilishini ta‘kidladi.