Bugun, 21:00 Biznes
Click katta avlod vakillari uchun “G‘amxo‘r Click: avlodlar bog‘liqligi” nomli ta’limiy uchrashuv o‘tkazdi
7-mayda Click ofisida katta avlod vakillari uchun mo‘ljallangan “G‘amxo‘r Click: avlodlar bog‘liqligi” nomli ta’limiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Asosiy maqsad — katta yoshdagilarning raqamli savodxonligini oshirish va ularga zamonaviy raqamli xizmatlardan yanada ishonchli foydalanishga yordam berish.
Bugun, 20:39 IT
“Oltin globus” sun’iy intellektli filmlarni tanlovga qo‘shishga ruxsat berdi
Tashkilotchilar SI ishlatilgan loyihalar, agar asosiy ijodiy qaror va mualliflik insonlarda qolsa, tanlovda ishtirok etishi mumkinligini tasdiqladi.
Bugun, 20:36 Qonunchilik
Banklardan $500 gacha valyutani pasportsiz xarid qilishga ruxsat berildi
Hozirgi limit $100 ni tashkil etadi, o‘zgarishlar 3 oydan keyin kuchga kiradi.
Bugun, 20:08 Moliya
UzNIF IPOsida qanday ishtirok etish va aksiyalarni qanday sotib olish mumkin?
O‘zbekiston milliy investitsiya jamg‘armasining IPOsi boshlandi — bu mahalliy bozordagi eng yirik joylashtirishlardan biri. Spot jamg‘arma aynan nima sotayotgani, jarayon qanday ishlashi va aksiyalarni sotib olish uchun qanday ariza topshirish mumkinligini o‘rgandi.
Bugun, 19:56 Xorij xabarlari
Nima uchun shakarsiz qora qahva miya uchun foydali bo‘lishi mumkin — tadqiqot
Tadqiqotga ko‘ra, shakarsiz qahva Alsgeymer va Parkinson xavfini kamaytirib, miya salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bugun, 19:34 Iqtisodiyot
Bayram va dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi? Ro‘yxat
Jami 23 ta bank tomonidan valyuta ayirboshlash hamda pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin.
Bugun, 18:56 Transport
O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar to‘g‘risidagi bitim iyulgacha imzolanadi
Davlatlararo bitim imzolangunga qadar aviakompaniyalarga charter asosida muntazam qatnovlarni amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Bugun, 18:47 Iqtisodiyot
Rossiyada O‘zbekistondan keltirilgan deyarli 20 tonna zararlangan pomidor aniqlandi
Ularda xavfli patogen — pomidor mevalarining jigarrang ajinlari virusi aniqlani sababli Rossiya hududiga olib kirish taqiqlangan.
Bugun, 18:23 Transport
O‘zbekistonda 12 jarima balli yig‘gan haydovchilar soni 49 nafarga yetdi
Umumiy 132 ta haydovchi 8 balldan yuqori ball olgan.
Bugun, 17:24 IT
Google displeysiz Fitbit Air fitnes bilaguzugini taqdim etdi
Bilaguzuk qadamlarni, pulsni, uyquni, qondagi kislorod miqdorini va teri haroratini kuzatadi.
Bugun, 17:23 Energetika
O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi oy Xitoyga gaz yetkazib bermayapti — eksport 65 baravarga qisqardi
Shu bilan birga, mart oyida eksport o‘tgan oyga nisbatan besh baravardan ziyodga oshdi. Turkmaniston va Rossiyadan import esa 2,2 baravarga ko‘paydi.
Bugun, 16:59 Iqtisodiyot
Ozarbayjonning ABB banki Davr Bank‘ning 51% ulushini sotib oladi
Ruxsatnomalar olingach, Davr Bank ABB xalqaro brendi ostida qayta faoliyat boshlashi kutilmoqda.
Bugun, 16:35 Moliya
Dollar kursi yana ko‘tarildi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 27 so‘mga oshib, 12 141,94 so‘mni tashkil etdi.
Bugun, 16:25 Energetika
Uzbekistan Airports Allied Biofuels kompaniyasidan “yashil” aviayoqilg‘i xarid qiladi
Kompaniyaning Xorazmdagi bo‘lajak zavodidan yoqilg‘i yetkazib berish 2030-yilda boshlanishi rejalashtirilgan.
Bugun, 15:33 Iqtisodiyot
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana o‘sib, $71 mlrdga yetdi
Mart oyidagi pasayishdan so‘ng xalqaro zaxiralar $1,9 mlrdga ko‘paydi. Markaziy bank esa so‘nggi yetti oy ichida ilk bor oltin sotdi.
Bugun, 15:09 Iqtisodiyot
Uy-joy qurilishi uchun sotilgan yer maydonlari qisqardi — tadqiqot
Qoraqalpog‘iston va Jizzaxda yakka uy-joylar uchun yer savdosi ustun bo‘lib qolayotgan bo‘lsa, Namangan hamda Farg‘onada ko‘p qavatli qurilish uchun yer narxlari yuqoriligi kuzatilgan.
Bugun, 14:29 Biznes
SES Wendy’s sanitariya talablarini buzganini ma’lum qildi, kompaniya esa ularni rad etdi
Renessans TV Wendy’s haqidagi nazorat lavhasini efirga uzatdi. Kompaniya ayblovlarni rad etib, SES xulosalarini e’lon qildi, tarmoq rahbari esa brendga nisbatan “ta'qib” bo‘layotganini bildirdi.
Bugun, 12:29 IT
Apple Siri yangilanishi kechiktirilgani uchun $250 mln to‘laydi
Jamoaviy da’voda iPhone uchun va’da qilingan yangilanishlar chiqmagani aytilgan.
Bugun, 11:41 Iqtisodiyot
Amir Temur xiyoboni atrofida yerusti piyodalar o‘tish joylari qayta tashkil etiladi
Brodvey tomondagi metall to‘siqlar olib tashlanib, “aqlli” svetofor o‘rnatiladi. Shuningdek, xavfsizlik orolchalari tashkil etiladi.
Bugun, 11:40 IT
Telegramda navbatdagi yangilanishlar taqdim etildi
Xususan, chatlarni avtomatlashtirish, maxsus AI uslublari, 100 mln+ emoji va stiker qidiruvi va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi.
Bugun, 11:00 Biznes
InfinBANK ot polosi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatini qo‘llab-quvvatladi
Toshkentda InfinBANK hamkori bo‘lgan ot polosi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Turnir mamlakatning turli hududlaridan erkaklar va ayollar jamoalarini birlashtirdi va milliy ot sportini rivojlantirishda muhim voqea bo‘ldi.
Bugun, 10:05 Iqtisodiyot
O‘zbekistonlik xotin-qizlar Yaponiyada parvarishlash sohasida ishga taklif qilinmoqda
Dasturga 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lganlar qabul qilinadi va hamshiralik sohasi vakillariga ustunlik beriladi.
Kecha, 19:38 IT
Instagram taniqli va oddiy foydalanuvchilarning millionlab obunachilarini o‘chirib tashladi
Qayd etilishicha, foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlarning o‘chirilishini “katta tozalash” deb atay boshladi.
Kecha, 19:13 Biznes
Apple, Google va Meta yetakchi. Xorijiy bigtex birinchi chorakda qancha soliq to‘ladi?
Yanvar-mart oylarida xorijiy IT-kompaniyalar tomonidan to‘langan soliqlar 2025-yilga nisbatan 81% ga o‘sib, 65,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Kecha, 19:07 Transport
Avtobuslar importida utilizatsiya yig‘imi bo‘yicha imtiyoz yana 2 yilga uzaytiriladi
Shuningdek, Toshkentda elektropoyezd, avtobus va metro qatnovlari uchun yagona tariflarni joriy etish taklif qilindi.
Kecha, 18:26 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda mol go‘shtining bir kilogrammi qariyb $11 turadi — Numbeo
Platforma ma’lumotiga ko‘ra, narxlar Ozarbayjon, Belarus va Qozog‘iston kabi ayrim MDH davlatlaridan biroz yuqoriroq ekani qayd etilgan.
Kecha, 18:13 Ko‘chmas mulk
O‘zbekistonda fuqarolarni propiskaga qo‘yishning yangi tartibi tasdiqlandi
Bundan buyon fuqarolar yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish uchun DXMlar yoki onlayn platformalar orqali murojaat qilishi mumkin.
Kecha, 16:53 Qonunchilik
O‘zbekistonda sanoat va yadro xavfsizligi qoidalari buzilgani haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi
Qoidabuzarlik haqida foto yoki video yuborganlar jarimaning 20% qismi miqdorida mukofot oladi.
Kecha, 16:20 Moliya
Dollar kursi yana ko‘tarildi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 41 so‘mga oshib, 12 114,97 so‘mni tashkil etdi.
Kecha, 16:05 Iqtisodiyot
1
Kartaga naqd pul kiritish uchun komissiyalar bekor qilinishi mumkin
Bank kartalarini naqd pul bilan to‘ldirishda yuqori komissiyalar undirilayotganligi yuzasidan aholi murojaatlari oshgan.
Kecha, 16:01 Transport
Toshkent va Sirdaryo viloyatlarini bog‘lovchi yangi temir yo‘l liniyasi qurilishi boshlandi
110 kilometrlik loyiha doirasida 4 ta bekat, 21 ta yo‘l o‘tkazgich hamda 6 ta ko‘prik barpo etiladi.
Kecha, 15:49 IT
Meta 13 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarni aniqlash uchun fotosuratlarni tahlil qilishni boshladi
Tizim vizual xususiyatlarni, xususan, tasvirdagi odamning bo‘yi va suyak tuzilishini tahlil qiladi, so‘ngra bu ma’lumotlarni postlar matni va hisob xatti-harakatlari bilan taqqoslaydi.
Kecha, 15:36 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etiladi
Shuningdek, O‘zbekistonda sud boshqaruvchilarini birlashtiruvchi yagona palata tashkil etiladi.
Kecha, 14:21 Iqtisodiyot
Naqdsiz to‘lovlar Toshkentda ijara bozoriga qanday ta’sir qildi?
Aprelda poytaxtda ijara narxi $550 darajasida saqlanib qoldi. Bir va ikki xonali uylar qimmatlashib, yuqori segmentdagi ijara narxlari pasaydi.
Kecha, 13:00 Biznes
O‘zbekiston fintex bozorini rivojlantirib, mintaqada yangi o‘sish nuqtasini tezkor shakllantirmoqda
InterContinental Tashkent mehmonxonasida fintex-bozori vakillarining yopiq uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar sohaning asosiy talablarini, tarmoq tashabbuslarini rivojlantirishga oid yondashuvlarni hamda mintaqaning xalqaro fintex kun tartibidagi o‘rnini muhokama qildilar.
Kecha, 12:54 Iqtisodiyot
UzNIF aksiyalari Toshkent fond birjasining kotirovka varag‘iga kiritildi
Savdo maydonchasida UZNF tikeri ostidagi qimmatli qog‘ozlar savdosi 18-may kuni boshlanishi kutilmoqda.
Kecha, 11:47 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 50 yildan oshgan “dom"larda rekonstruksiya cheklanishi mumkin
Ko‘p kvartirali uylardagi to‘siqlarni buzganlik uchun Qurilish inspeksiyasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri jarima qo‘llash vakolatini berish taklif etildi.
Kecha, 10:34 Biznes
Qatar Airways O‘zbekistondan 1600 dan ortiq mutaxassisni ishga olishni rejalashtirmoqda
Shuningdek, Qatar standartlari bo‘yicha O‘zbekistonda tibbiyot xodimlarini tayyorlash dasturi yo‘lga qo‘yiladi.
Kecha, 10:18 Iqtisodiyot
O‘zbekiston 2026-yilda JSTning to‘laqonli a’zosi bo‘lishi kerak — Mirziyoyev
Prezident oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va savdoni himoya qilish choralari to‘g‘risidagi yangi qonunlarni ko‘rib chiqdi.
6 may 2026, 20:42 Biznes
Toshkentdagi biznesga dizayn-kodga moslashish uchun o‘tish davri beriladi
Prezidentga bir qator biznes toifalari, jumladan, peshlavhalar uchun reklama joyi pasportini olish talabini bekor qilish taklif qilindi.