Kecha, 19:49 Iqtisodiyot

Go‘sht, limon, skuter ijarasi: O‘zbekistonda may oyida eng ko‘p nimalar qimmatlashdi?

Qayd etilishicha, o‘tgan oy davomida benzin narxlari o‘rtacha 0,6% ga, propan esa qariyb 2% ga qimmatlashdi.
Kecha, 19:00 Iqtisodiyot

Oltin va Rossiyaga qaramlik, $5,1 mlrdlik xususiylashtirish va energiya subsidiyalarining qisqarishi: Fitch O‘zbekiston iqtisodiyoti haqida

Agentlik islohotlar sekinlashsa, xomashyo narxlari pasaysa, pul o‘tkazmalari kamaysa va qarz miqdori ortsa, kredit reytingini pasaytirishi mumkin.
Kecha, 17:48 Iqtisodiyot

May oyida yillik inflyatsiya 2017-yildan beri birinchi marta 5,5% gacha pasaydi

Milliy statistika qo‘mitasi bir yil avval elektr energiyasi va gaz narxlarining oshishi tufayli “yuqori baza” ta’sirini qayd etdi.
Kecha, 17:47 Qonunchilik

Nogironligi bo‘lgan haydovchilar uchun parkovka imtiyozlari onlayn rasmiylashtirilishi mumkin

O‘z huquqlarini tasdiqlash uchun nogironlik haqidagi ma’lumotnomani talab qilishni bekor qilish taklif etilmoqda.
Kecha, 17:00 Biznes

Click’da “SI-lashtirish”: kompaniya sun’iy intellektni ish jarayoniga qanday joriy etmoqda?

Click kompaniyasi SIni tajribalardan biznes jarayonlariga qanday o‘tkazayotgani haqida so‘zlab berdi. Virtual mashinalarga asoslangan maxsus sun’iy intellekt agentlari call-markaz, buxgalteriya va huquqshunoslargacha bo‘lgan barcha bo‘limlardagi kundalik ishlarni avtomatlashtiradi.
Kecha, 16:42 Biznes

AvtoVAZ yil oxirigacha O‘zbekistonda Lada ishlab chiqarishni qayta tiklashni rejalashtirmoqda

Qayd etilishicha, kompaniya avtomobillarni xorijda ishlab chiqarish rubl kursining savdolarga ta’sirini kamaytiradi deb hisoblamoqda.
Kecha, 16:06 Moliya

Dollar kursi yana ko‘tarildi

Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 52 so‘m 23 tiyinga oshib, 12 049,44 so‘mni tashkil etdi.
Kecha, 15:21 Iqtisodiyot

AQSH Kongressi quyi palatasi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ma’qulladi

Sanskiyalar tashabbusi kuchga kirishi uchun endilikda uni AQSH Senati ma’qullashi kerak bo‘ladi.
Kecha, 14:41 Energetika

O‘zbekiston AES qurilishi uchun Rossiyadan imtiyozli eksport krediti oladi — Putin

Integratsiyalashgan AES yiliga 17 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi, bu mamlakat energiya iste’molining 15%igacha qismini tashkil etadi.
Kecha, 13:14 IT

Tailandda samolyotlar bortida pauerbanklardan foydalanishni taqiqlandi

Qurilma yo‘lovchi qo‘l yukida bo‘lishi, shuningdek, uning sig‘imi 100 Vt·soatdan oshmasligi kerak, ularni bagajga joylash mumkin emas.
Kecha, 12:56 Energetika

O‘zbekistonda integratsiyalashgan AES qurish qiymati $9,5 mlrdni tashkil etadi — O‘zatom direktori

“Katta to‘rtlik” konsalting kompaniyalarining hisob-kitoblariga ko‘ra, AES loyihasining iqtisodiy samarasi $165 mlrdni tashkil etishi mumkin.
Kecha, 12:00 Energetika

O‘zbekistonda AES elektri narxi kVt/soat uchun 1000 so‘mdan past bo‘ladi — Axmedxadjayev

O‘zatom direktori elektr energiyasining aniq narxini aytmadi, ammo uning “joriy tariflarning o‘rtacha ko‘rsatkichlari” darajasida ekanini ta’kidladi.
Kecha, 11:05 Biznes

TBC Bank Group bilan bog‘liq kompaniyaga OLX Uzbekistan’ni sotib olishga ruxsat berildi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan TBC Bank guruhiga aloqador kompaniyaning OLX Classifieds’ni sotib olishi bo‘yicha iqtisodiy konsentratsiya bitimiga rozilik berildi.
Kecha, 10:42 Iqtisodiyot

Birinchi chorakda mikromoliyaviy xizmatlar hajmi 35 trln so‘mdan oshdi — Markaziy bank

Banklar orasida Agrobank va Ipoteka-bank yetakchilik qildi, mikromoliya tashkilotlari yo‘nalishida esa umumiy hajmning yarmidan ko‘pi TezCoin hissasiga to‘g‘ri keldi.
Kecha, 09:34 Energetika

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin O‘zbekistondagi AES qurilishiga start berdi

Jarayon atom elektr stansiyasining birinchi energiya blokini qurish ishlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Kecha, 08:51 Ta'lim

OTMlarga hujjatlar qabuli boshlandi

Abituriyentlar 25-iyungacha test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.
4 iyun 2026, 21:00 Biznes

Yandex Ads tadqiqoti: O‘zbekistondagi kompaniyalarning 69%i marketingga investitsiyalarni oshirdi

Tadqiqotga ko‘ra, bu mablag‘lar asosan performance-marketing va AI texnologiyalariga yo‘naltirilmoqda. Bozor jadal o‘smoqda va endigi asosiy e’tibor — kuchli raqamli mutaxassislarni jalb qilishga.
4 iyun 2026, 19:26 Transport

Zangiotada temir yo‘l kesishmasi o‘rnida yo‘l o‘tkazgich quriladi

Uzunligi qariyb 24 metr bo‘lgan yo‘l o‘tkazgich mahalliy yo‘llardagi tirbandliklarni kamaytirishi kutilmoqda.
4 iyun 2026, 19:10 Transport

O‘zbekiston 10 ta elektropoyezd xarid qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda — transport vaziri

Škoda elektropoyezdlari O‘zbekistonga 2027-yildan boshlab yetkazib beriladi. Yetkazib berilgach, ular bosqichma-bosqich shaharlararo yo‘nalishlarda ishga tushiriladi.
4 iyun 2026, 19:00 IT

OSON mutaxassislarining Telegram’dagi yangi aldov sxemalari va himoya usullari haqidagi tahlili

Fintex platformasi mutaxassislari messenjer qanday qilib o‘zbekistonliklarning “raqamli pasporti"ga aylanganini va nima uchun bugungi kunda ijtimoiy muhandislik dasturiy ta’minotni buzishdan ko‘ra xavfliroq ekanligini tushuntirib berishdi.
4 iyun 2026, 18:57 IT

ChatGPT’ning oylik faol foydalanuvchilari soni 1 mlrdga yetdi

Uning o‘sish dinamikasi TikTok, Instagram va YouTube kabi bir qator yirik raqamli platformalardan oshib ketdi.
4 iyun 2026, 17:52 Xorij xabarlari

Rossiya pochtasi AQSHdan Rossiyaga pochta importini qayta tikladi

Yetkazib berish “mavjud logistika yechimlari asosida uchinchi mamlakatlar orqali tranzit reyslar orqali” amalga oshiriladi.
4 iyun 2026, 17:00 Biznes

Yilning asosiy turniri kadr ortida: “Agrobank” yo‘lida davom etayotganlar haqida manifest taqdim etdi

Futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlanish arafasida “Agrobank” o‘z auditoriyasiga orzu va shaxsiy o‘sish yo‘li haqidagi hikoya bilan murojaat qildi. Kampaniya markazida katta g‘alabalar birinchi qadamdan boshlanishi g‘oyasi yotadi.
4 iyun 2026, 17:00 Iqtisodiyot

Viza Lab xususiy bandlik agentligining litsenziyasi bekor qilindi

Litsenziya kompaniyaning o‘z murojaati asosida tugatildi. Fuqarolar agentlik faoliyati bo‘yicha shikoyatlarini 3-iyulgacha yuborishlari mumkin.
4 iyun 2026, 16:42 Iqtisodiyot

Telefon raqami orqali bank hisobvaraqlari o‘rtasidagi o‘tkazmalar qanday ishlaydi?

Foydalanuvchi bank ilovasida bitta telefon raqamiga faqat bitta hisobvaraqni bog‘lashi mumkin bo‘ladi.
4 iyun 2026, 16:03 Moliya

Dollar kursi yana ko‘tarildi

Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 26 so‘m 53 tiyinga oshib, 11 997,21 so‘mni tashkil etdi.
4 iyun 2026, 15:54 Iqtisodiyot

Vizasiz tartib, aviaqatnovlar, biznes: O‘zbekiston Gonkong bilan qanday kelishuvlarga erishdi?

Shuningdek, konsullik xizmatlarini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi kompleks hamkorlik dasturi qabul qilinishi mumkin.
4 iyun 2026, 15:43 Transport

Qozog‘iston qutqaruv operatsiyalari uchun Tesla Cybertruck sotib oldi

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, u tezkor harakat qilish uchun qo‘shimcha transport vositasi sifatida ko‘rilmoqda.
4 iyun 2026, 15:12 Transport

Chegara bojxona postlarida ruxsatnomalarni berish punktlari ochildi

Yangi tizim birinchi bosqichda oltita postda, jumladan, Toshkent viloyatidagi ikkita postda ishlamoqda.
4 iyun 2026, 14:56 Iqtisodiyot

Toshkentda 40 ta zamonaviy yoqilg‘i quyish shoxobchasi qurilishi rejalashtirilmoqda

Ular DXSH asosida, birinchi navbatda, Katta halqa avtomobil yo‘li (KHAY) va boshqa yirik yo‘llar yaqinida quriladi.
4 iyun 2026, 13:40 Qonunchilik

1-sentabrdan avtobuslarda yo‘lkira faqat unga chiqishda to‘lanadi

Belgilangan tartibda yo‘lkira to‘lanmagan yoki tasdiqlanmagan hollarda, yo‘lovchi avtobusda chiptasiz harakatlangan deb hisoblanadi.
4 iyun 2026, 13:29 Iqtisodiyot

Termizda mehnat migrantlari uchun yagona migratsiya markazi ochildi

Bu yerda viza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish, o‘qish va imtihon topshirish tashkil etiladi.
4 iyun 2026, 12:42 Qonunchilik

O‘nta hududda fuqarolarga Koreyaga ishga yuborishni va‘da qilgan shaxslar aniqlandi

Fuqarolardan minglab dollarlarni qo‘lga kiritgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
4 iyun 2026, 12:23 Iqtisodiyot

Mobiuz mobil operatori $351 mlnga sotildi

Kompaniyani JVR Enterprises LLC sotib oldi va $500 mlngacha investitsiya kiritilishi mumkin.
4 iyun 2026, 11:56 IT

Rossiyaning Maks messenjeri App Store’dan yo‘qolib qoldi

Uning Apple ilovalar do‘konidan g‘oyib bo‘lgani haqida messenjer matbuot xizmati xabar berdi.
4 iyun 2026, 11:35 Qonunchilik

Toshkentda 1,5 gektar yer evaziga $750 ming talab qilgan fuqaro ushlandi

47 yoshli shaxs davlat zaxirasida bo‘lgan yerni fuqaro nomiga rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan.
4 iyun 2026, 11:23 Qonunchilik

O‘zbekistonda insofsiz sug‘urta agentlari reyestri yuritiladi

Sug‘urta agentlari faoliyati har olti oyda kamida bir marta monitoring qilinadi, qonunbuzarlik holatlarida esa ularga yangi polislarni rasmiylashtirish taqiqlanishi mumkin.
4 iyun 2026, 09:38 Iqtisodiyot

O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etilishi mumkin

Tomonlar o‘zaro vizasiz rejim bo‘yicha hukumatlararo bitim tuzish niyatini tasdiqlovchi verbal notalar almashdi. Kelishuv amalga oshirilsa, O‘zbekiston va Gonkong fuqarolari bir-birining hududida 30 kungacha vizasiz bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
3 iyun 2026, 20:09 Iqtisodiyot

O‘zbekistonda yo‘lovchilarning 30%i taqchillik sabab poyezd chiptalarini sotib ololmayapti — vazir

Ilhom Mahkamovning qayd etishicha, bunga vagonlar yetishmasligi, temir yo‘l infratuzilmasidagi cheklovlar va ayniqsa Toshkent-Samarqand yo‘nalishidagi yuqori yuklama sabab bo‘lmoqda.
3 iyun 2026, 18:22 IT

Meta o‘smirlar uchun kontentga global cheklovlar kiritmoqda

18 yoshdan kichik barcha foydalanuvchilar avtomatik ravishda kuchaytirilgan filtrlash bilan “o‘smirlar hisobi"ga o‘tkaziladi.
Yangiliklarni o‘tkazib yubormang!
Spotda ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting