Bugun, 20:09 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yo‘lovchilarning 30%i taqchillik sabab poyezd chiptalarini sotib ololmayapti — vazir
Ilhom Mahkamovning qayd etishicha, bunga vagonlar yetishmasligi, temir yo‘l infratuzilmasidagi cheklovlar va ayniqsa Toshkent-Samarqand yo‘nalishidagi yuqori yuklama sabab bo‘lmoqda.
Bugun, 18:22 IT
Meta o‘smirlar uchun kontentga global cheklovlar kiritmoqda
18 yoshdan kichik barcha foydalanuvchilar avtomatik ravishda kuchaytirilgan filtrlash bilan “o‘smirlar hisobi"ga o‘tkaziladi.
Bugun, 18:18 Iqtisodiyot
Fitch O‘zbekiston kredit reytingi prognozini “barqaror"dan “ijobiy"ga yaxshiladi
Agentlikda ta’kidlanishicha, davom etayotgan islohotlar budjet taqchilligini qisqartirish va valyuta zaxiralarining oshishiga xizmat qilmoqda.
Bugun, 17:19 Moliya
Markaziy bank islomiy bank faoliyatini litsenziyalash tartibini ishlab chiqdi
Loyiha bilan, banklar huzurida islomiy moliya kengashlari tashkil etilishi hamda rahbarlar va kengash a’zolari uchun qat’iy malaka va tajriba talablari belgilanmoqda.
Bugun, 16:52 IT
Polaroid dunyodagi eng kichik lahzali kamerani taqdim etdi
Kamera Polaroid Go maxsus plyonkasidan foydalanadi va 66.6×53.9 mm o‘lchamdagi suratlarni chop etadi.
Bugun, 16:10 Moliya
Dollar kursi ko‘tarildi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 36 so‘m 4 tiyinga oshib, 11 970,68 so‘mni tashkil etdi.
Voqealar
3
iyu
Andijonda Milliy AI Hackathon
3
iyu
Banking Fusion Uzbekistan 2026 forumi
3
iyu
Roza Gazizova bilan korporativ boshqaruv va investitsiyaviy jozibadorlik mavzusida biznes-nonushta
3
iyu
ISO 42001 standarti va sun’iy intellekt xavflarini boshqarish bo‘yicha uchrashuv
3
iyu
Korporativ arxitektura va IT-strategiyaga bag‘ishlangan vebinar
3
iyu
Eco Expo Central Asia 2026
Bugun, 16:09 Biznes
Rotana mehmonxonalar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda
Kompaniya turli brendlarning 3, 4 va 5 yulduzli mehmonxonalarini ochish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
Bugun, 15:19 IT
Rossiyada iPhone foydalanuvchilari 5G tarmog‘isiz qolishi mumkin — OAV
Tarmoqni ishga tushirish uchun Apple’ning roziligi talab etiladi, biroq hozirda kompaniya Rossiyadagi aloqa operatorlari bilan hamkorlik qilmayapti.
Bugun, 14:06 IT
Instagram va Facebook’dagi videolarni birlashtiruvchi funksiya sinovdan o‘tkazilmoqda
Qayd etilishicha, videolar to‘plami profilning alohida bo‘limida mavjud bo‘ladi, biroq uning qachon ommaviy taqdim qilinishi haqida ma’lumot bermagan.
Bugun, 13:24 Iqtisodiyot
Toshkentdagi 1700 ga yaqin qurilish obyektida yangi ekologik va xavfsizlik talablari joriy etiladi
Qurilish maydonlari maxsus to‘siqlar bilan o‘raladi, videokuzatuv va ekologik datchiklar, changni kamaytirish uchun suv purkagich tizimlari o‘rnatiladi.
Bugun, 11:34 Iqtisodiyot
Soliq organlari, O‘zbekneftgaz va bir qator kompaniyalar xodimlari yirik miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirgani aniqlandi
Mansabdor shaxslar Sho‘rtan GKMni kengaytirish loyihasi doirasida QQS mablag‘larini noqonuniy shakllantirib, 643,2 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.
Bugun, 11:33 IT
Meta AI chat-boti xakerlarga Instagram akkauntlariga kirishga yordam berdi
Xakerlar sun’iy intellekt yordamchisini aldab, akkaunt pochtasini o‘zgartirishga erishgan. Bot esa shaxsni tekshirmasdan kodni yangi pochtaga yuborgan.
Bugun, 10:38 Iqtisodiyot
TIV O‘zbekistonda YI migrantlarni qaytarish markazlarini tashkil etishi haqidagi xabarni rad etdi
Shuningdek, Qozog‘iston ham viza tartibini soddalashtirish evaziga Yevropa Ittifoqi bilan shunday muzokaralar olib borilmayotganini ma’lum qildi.
Bugun, 10:20 Biznes
BYD O‘zbekistonda Denza B8 yo‘ltanlamasining sanoat namunasini ro‘yxatdan o‘tkazdi
Kompaniya 2025-yil iyun oyida O‘zbekiston bozorida Denza premium brendini ishga tushirishni e’lon qilgan edi.
Bugun, 09:44 Energetika
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin 4-iyun kuni O‘zbekistonda AES qurilishiga start beradi
Kreml Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi va 2026-yilgi Xalqaro iqtisodiy forum yalpi yig‘ilishida shtirok etishi haqida xabar berdi.
Kecha, 21:19 Iqtisodiyot
Soxta cheklar va QQS keshbeklari: Soliq qo‘mitasi “shubhali foydalanuvchi"lar borasida izoh berdi
Soxta cheklar orqali QQS qaytarib olishga uringan 204,1 ming nafar fuqaroning ijtimoiy keshbek to‘lovlari vaqtincha to‘xtatilgan.
Kecha, 19:17 Transport
Qirg‘izistonda yuk tashuvchi transport vositalari uchun yozgi cheklovlar joriy etiladi
Cheklovlar 1-iyundan 1-sentabrgacha og‘irligi 18 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk transport vositalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Kecha, 18:20 Investitsiyalar
Anthropic AQSHda taxminan $1 trlnlik IPO uchun ariza topshirdi
Claude ishlab chiqaruvchisi aksiyalari ommaviy bozorda paydo bo‘ladigan generativ sun’iy intellekt sohasidagi birinchi yirik kompaniya bo‘lishi mumkin.
Kecha, 17:37 Iqtisodiyot
Ijobiy kredit tarixiga ega tadbirkorlarga 200 mln so‘mgacha garovsiz kredit beriladi
Eng faol 100 nafar tadbirkorga xalqaro standartlar va yashil texnologiyalarni joriy etish uchun 300 mln so‘mgacha grant ajratiladi.
Kecha, 16:32 Iqtisodiyot
Kimyo sanoati uchun 60 gektarlik ilmiy-ishlab chiqarish klasteri barpo etiladi
Klaster hududida innovatsiya markazi barpo etilib, yirik sanoat loyihalari uchun mutaxassislar tayyorlanadi.
Kecha, 16:10 Iqtisodiyot
Kimyo sanoatida $2,8 mlrdlik 42 ta loyiha ishga tushiriladi
Shuningdek, maishiy kimyo yo‘nalishida kamida 100 ta yangi brend mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Kecha, 16:07 Moliya
Dollar kursi yana pasaydi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 14 so‘m 39 tiyinga pasayib, 11 934,64 so‘mni tashkil etdi.
Kecha, 15:35 Biznes
31 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga 100 mln so‘mgacha imtiyozli mikroqarz beriladi
Mablag‘lar mobilografiya, SMM, frilanserlik, marketpleys, tikuvchilik va novvoychilik kabi yo‘nalishlardagi loyihalarga yo‘naltiriladi.
Kecha, 15:28 Iqtisodiyot
Navoiyazotdagi klasterda qiymati $1 mlrdlik 10 ta kimyo loyihalari amalga oshiriladi
Prezident kimyo sanoati uchun zarur xomashyo zaxiralarini ikki barobarga oshirish hamda serpentinitni qayta ishlash bo‘yicha kamida $200 mlnlik loyihalarni boshlashni topshirdi.
Kecha, 14:10 IT
WhatsApp firibgarlikka qarshi yangi funksiyaga ega bo‘ladi
Messenjer foydalanuvchilarni noma’lum kontaktlardan shubhali xabarlar haqida ogohlantiradigan Scam Alert funksiyasi ustida ishlamoqda.
Kecha, 13:55 Qonunchilik
Andijonda 35 mlrd so‘mdan ortiq soliq keshbekini talon-toroj qilgan shaxslar ushlandi
Bir guruh shaxslar o‘zaro til biriktirib, 3 kishining nomiga 9 ta korxona tashkil etgan.
Kecha, 13:54 Energetika
Rossiya aviakerosin eksportini taqiqladi, ammo bu O‘zbekistonga ta’sir qilmaydi
Cheklov 30-noyabrgacha amal qiladi. Biroq mamlakatlar o‘rtasidagi hukumatlararo bitim doirasidagi tashuvlar bundan mustasno hisoblanadi.
Kecha, 13:21 Energetika
May oyida 70,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gaz talon-toroj qilindi
Qayd etilishicha, iste’molchilar tomonidan 31,8 mln kilovatt-soat elektr energiyasi va 6,3 mln metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Kecha, 13:00 IT
Xiaomi smartfonlariga AirDrop’ni qo‘llab-quvvatlash qo‘shildi
Endi Xiaomi qurilmalari egalari iPhone bilan fayl almashishlari mumkin bo‘ladi.
Kecha, 12:38 Qonunchilik
Deputatlar Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni ma’qullab, Senatga yubordi
Markaz hududida Angliya va Uels huquqi amal qiladi, alohida tijorat sudi tashkil etiladi, shuningdek, investorlar va moliya kompaniyalari uchun maxsus huquqiy, soliq hamda viza rejimlari joriy etiladi.
Kecha, 12:38 IT
TON kriptovalyutasi o‘z nomini o‘zgartirmoqda
Endi u Gram deb ataladi, TON esa blokcheyn platformasining nomi bo‘lib qoladi.
Kecha, 11:59 Iqtisodiyot
Shavkat Mirziyoyev Chirchiqdagi $15,2 mlnlik polimer ishlab chiqarish korxonasini borib ko‘rdi
Korxona o‘tgan yili 115 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarib, $6 mlnlik mahsulotni eksport qildi.
Kecha, 11:29 Moliya
O‘zbekistonda may oyida dollarning rasmiy kursi qanday o‘zgardi?
O‘tgan oyda milliy valyuta aprel oyidagi mustahkamlanishdan so‘ng 0,5% ga qadrsizlandi, so‘mning kunlik o‘zgaruvchanligi esa sezilarli darajada oshdi.
Kecha, 11:22 Iqtisodiyot
Suv omborlari va kanallarni tozalashga tadbirkorlar jalb qilinadi
Suvdan bo‘shagan yer maydonlari auksion orqali qisqa muddatga ijaraga beriladi.
Kecha, 11:06 Qonunchilik
O‘zbekistonda kredit olish uchun yagona platforma ishga tushiriladi
Platforma tadbirkorlarga bir nechta banklarning kredit takliflarini solishtirish imkonini beradi. Yil oxiridan esa muqobil skoring tizimi joriy etilib, kredit oluvchilar o‘nlab ma’lumotlar bazalari asosida baholanadi.
1 iyun 2026, 19:22 Energetika
Gaz quvurlarini ko‘chirish va texnik xizmat uchun onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratildi
Arizalarni Yagona portal orqali yuborish mumkin. Xizmat ko‘rsatish muddati 9 ish kunini tashkil etadi.
1 iyun 2026, 18:59 Iqtisodiyot
Madaniyat va san‘at yo‘nalishidagi talabalar startaplari uchun 50 mlrd so‘m ajratiladi
Yangi o‘quv yilidan hududlarda Inklyuziv ijodiy ustaxonalar tashkil etilib, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun har yili 30 mlrd so‘m beriladi.
1 iyun 2026, 18:05 IT
Apple aqlli ko‘zoynaklarni ommaviy aksessuarga aylantirmoqchi — insayder
Mark Gurmanga ko‘ra, kompaniya aqlli ko‘zoynaklarda nafaqat texnologiyaga, balki dizaynga ham urg‘u berishni rejalashtirmoqda.
1 iyun 2026, 17:40 Energetika
2030-yilgacha O‘zbekistonda 4,5 GVtli energiya saqlash tizimlarini qurish rejalashtirilmoqda
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda akkumulyator tizimlari elektr tarmoqlaridagi kechki tig‘iz yuklamaning 13% dan ortig‘ini qoplaydi.
1 iyun 2026, 16:52 Iqtisodiyot
Sergeli avtomobil bozori buzilayotgani haqidagi xabarlar rad etildi
Tuman hokimligi bozorda asfalt qoplamasini yangilash, tom qismlarini ta‘mirlash ishlari olib borilayotganini bildirdi.