Kecha, 17:07 Iqtisodiyot
Hamkorbank Toshkent markazidagi Qurilish vazirligi binosini 196 mlrd so‘mga sotib oldi
Taklif etilgan narx lotning boshlang‘ich qiymatidan 5% ga oshdi. Bitim yuzasidan shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
Kecha, 15:05 Qonunchilik
O‘zbekistonliklar Qurbon hayitida necha kun dam oladi?
Bu yil Qurbon hayiti 27-may — chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. Shu bois o‘zbekistonliklar ketma-ket 5 kun dam oladi.
Kecha, 14:21 Energetika
Tadbirkorlar elektr uzilishlari uchun tarmoq korxonalarini javobgarlikka tortishni so‘ramoqda
Biznes ogohlantirishsiz elektr o‘chirilishi ishlab chiqarish jarayoni, eksport hajmi va ish o‘rinlariga salbiy taʼsir ko‘rsatayotganini bildirdi.
Kecha, 13:05 Biznes
Biznes elektr uchun oldindan to‘liq to‘lash amaliyotini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi
Ishlab chiqaruvchi korxonalarni faqat amalda isteʼmol qilingan elektr bo‘yicha hisob-kitob qilish tizimiga o‘tkazish mumkinligi aytildi.
Kecha, 11:34 Transport
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Ukraina yuk tashuvlari uchun yagona tranzit ruxsatnoma blankasini joriy etadi
Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport koridori tashkilotining yangi bosh kotibi etib tayinlandi.
Kecha, 11:25 Iqtisodiyot
Mirziyoyev TDT doirasida sunʼiy intellekt bo‘yicha strategik hamkorlik tarmog‘ini yaratishni taklif qildi
O‘zbekiston prezidenti Raqamli turkiy koridor konsepsiyasini ishlab chiqish va Toshkentda Texnologiyalar forumini o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi.
Voqealar
19
may
Xalqaro Digital Uzbekistan 2026 PLUS-forumi
19
may
Omon qolmaydigan AI-startaplar haqida Open Talks
20
may
$22 000 gacha sarmoyaga ega startaplar uchun Pitch Day Uzbekistan
23
may
Murakkab muzokaralarni olib borish bo‘yicha trening
25
may
SLII situatsion yetakchilik bo‘yicha trening
15 may 2026, 22:22 Energetika
Ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr uchun kompensatsiya miqdori oshirildi
Yangi tariflar joriy etilishi fonida ayrim oilalarga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molining bazaviy me’yordan oshgan qismi qoplab beriladi.
15 may 2026, 21:36 Moliya
Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi? Ro‘yxat
Jami 23 ta bank tomonidan valyuta ayirboshlash hamda pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin.
15 may 2026, 21:00 Biznes
Yaqin Sharqdagi mojaro O‘zbekiston logistikasiga qanday ta’sir ko‘rsatdi va bu qanchaga tushdi?
Spot bozor ishtirokchilari bilan logistikada nimalar yuz berayotgani, yuklamani qaysi yo‘nalishlar o‘z zimmasiga olayotgani, tariflar va yetkazib berish muddatlari qanchaga oshgani hamda vaziyat qachon barqarorlashishi mumkinligi haqida suhbatlashdi.
15 may 2026, 20:21 Iqtisodiyot
Aprelda O‘zbekistonda ikkilamchi uy-joy narxlari 8,5% ga oshdi — ITIM
Eng yuqori o‘sish Sirdaryo qayd etildi, Surxondaryo hamda Buxoro viloyatida ham narxlar sezilarli oshgan.
15 may 2026, 19:20 IT
Samsung smartfonlarida keraksiz ilovalar aniqlandi
Keraksiz ilovalar sifatida Samsung Internet, Members, TV Plus, Global Goals, Tips va Shop kabilar tilga olindi.
15 may 2026, 18:04 Biznes
Intensiv bog‘lar uchun tadbirkorlarga islomiy moliya xizmatlaridan foydalanishga ruxsat beriladi
O‘zbekistondagi 9 ta bank sanoatlashgan bog‘larni tadbirkorlarga tayyor holda topshirishga mas’ul bo‘ladi. Agrostar kompaniyalari bilan ulushdorlik asosidagi hamkorlik tizimi joriy etiladi.
15 may 2026, 18:02 IT
Instagram izohlarda rasm biriktirish imkoniyatini sinovdan o‘tkazmoqda
Rasm yuborish imkoniyati hamma postlar uchun ham mavjud emas. Servis akkauntlarni qaysi mezon asosida tanlashi hozircha noma’lum.
15 may 2026, 17:25 Transport
Asman Airlines 24-iyundan Toshkent va Issiqko‘l o‘rtasida muntazam parvozlarni boshlamoqchi
Kelgusida O‘sh, Qoraqo‘l va Bishkek yo‘nalishlarini ochish, O‘zbekistonning boshqa hududlariga ham aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish ko‘rib chiqilmoqda.
15 may 2026, 17:00 Biznes
Click Avto: O‘zbekiston avtomobil bozorida foydalanuvchi tajribasi qanday o‘zgarmoqda?
O‘zbekistonda avtomobil egalari uchun raqamli servislar tobora ommalashmoqda. Click Avto esa sug‘urta va avtobozor xizmatlarini bitta platformada birlashtirib, foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratmoqda.
15 may 2026, 16:36 Iqtisodiyot
“Yillik daromad 10 mln so‘mga ham yetmaydi”: Mirziyoyev eski va yaroqsiz bog‘larni yangilashni topshirdi
Sanoatlashgan bog‘ barpo etilmagan maydonlar uchun yer va suv soliqlarini oshirish, ikki yil davomida natija bo‘lmasa, suv ta’minotini cheklash taklif qilindi.
15 may 2026, 16:10 Moliya
Dollar kursi ko‘tarildi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 11 so‘mga oshib, 11 986,30 so‘mni tashkil etdi
15 may 2026, 15:19 Iqtisodiyot
Mirziyoyev va Japarov Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishini tezlashtirish masalasini muhokama qildi
Qiymati $4,7 mlrdlik loyiha qurilishi bundan bir yarim yil avval boshlangan bo‘lib, o‘tgan yil oxirida uni moliyalashtirish bitimi imzolangan edi.
15 may 2026, 15:11 Xorij xabarlari
Florida shtatidagi aeroport Donald Tramp nomiga o‘zgartiriladi
9-iyuldan boshlab Palm-Bich xalqaro aeroporti rasmiy ravishda Tramp sharafiga qayta nomlanadi.
15 may 2026, 14:49 Transport
O‘zbekiston va Afg‘oniston Ayritom chegara postida yashil yo‘lak tashkil etishni rejalashtirmoqda
Tomonlar Hayraton-Ayritom bojxona postidagi yuklar tirbandligini kamaytirish hamda bojxona jarayonlarini tezlashtirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.
15 may 2026, 14:21 IT
OpenAI ChatGPT’ning sust integratsiyasi sabab Apple’ni sudga berishi mumkin
Qayd etilishicha, kompaniya Apple bilan hamkorlikda chuqurroq integratsiyani va Siri’da ko‘zga ko‘rinarliroq o‘rinni kutgan.
15 may 2026, 14:17 Transport
Endi Toshkentda noto‘g‘ri “parkovka” qilingan avtomobillar jarima maydoniga olib ketiladi
Poytaxtning turli hududlarida avtomobillarning piyodalar yo‘laklari, bekatlar va taqiqlangan joylarda qoldirilishi harakat xavfsizligiga to‘sqinlik qilmoqda.
15 may 2026, 13:53 Biznes
Samsung’dagi ish tashlash Janubiy Koreya iqtisodiyotiga $66 mlrdga tushishi mumkin
Mojaroga yarimo‘tkazgichlar sanoatidagi o‘sish fonida bonus va mukofotlar miqdori bo‘yicha kelishmovchilik sabab bo‘ldi.
15 may 2026, 13:41 Moliya
Nosozliklar va asossiz komissiyalar: Markaziy bank bank va to‘lov xizmatlarini bankomatlar ishini yaxshilashga chaqirdi
Naqd pul berilmasligi, kartaning bankomatda qolib ketishi yoki muvaffaqiyatsiz operatsiyalar uchun komissiya ushlab qolinishi kabi holatlar iste’molchilar manfaatlariga ta’sir qilmoqda.
15 may 2026, 13:16 Energetika
1-iyundan O‘zbekistonda elektr va gaz tariflari oshadi
Aholi uchun elektr energiyasi narxi iste’mol hajmiga qarab 650 so‘mdan 1 100 so‘mgacha, tabiiy gaz esa mavsumga qarab 1 kub metr uchun 1 100 so‘mdan hisoblanadi.
15 may 2026, 13:00 Biznes
ANORBANK xalqaro moliyalashtirishni jalb qilmoqda: responsAbility va Triple Jump’dan $15 mln
Mablag‘lar O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi — bu bankka tadbirkorlarni kreditlashni kengaytirish va ularning o‘sish imkoniyatlarini mustahkamlashga yordam beradi.
15 may 2026, 11:08 Energetika
Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 4 mlrd kVt/soat yashil energiya ishlab chiqarildi
Shundan 2 mlrd 315 mln kVt⋅soat quyosh fotoelektr stansiyalari, 1 mlrd 685 mln kVt⋅soat esa shamol elektr stansiyalari hissasiga to‘g‘ri keladi.
15 may 2026, 10:30 Qonunchilik
O‘qituvchilar farzandlari uchun kontraktga 30% chegirma berish rejalashtirilmoqda
Chegirma davlat OTMlarida bazaviy kontrakt asosida o‘qiyotgan va talabalikka tavsiya etilganlar uchun amal qiladi.
15 may 2026, 09:37 Energetika
O‘zbekistonda elektr va gaz tariflari ko‘tarilishi kutilmoqda
Narxlar taxminan 10% ga oshirilishi mumkin. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori joriy hafta oxirigacha tasdiqlanishi kutilmoqda.
15 may 2026, 09:00 Biznes
Shaharda bir daqiqada pul haqida gapirib beradigan yigitlar paydo bo‘ldi
InfinBANK jamoasi biznesga terminaldan to‘lovlarni kutishni qanday qisqartirishni tushuntirish uchun shaharga chiqdi. Kampaniya ishtirokchilari 60 soniyagacha pul hisob raqamiga tushadigan yechim haqida so‘zlab berishdi.
14 may 2026, 20:01 Transport
Pushkin bekatidan TTZgacha bo‘lgan metro yo‘nalishida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda — transport vaziri
Qurilishi 1970-yillarda boshlangan metro bekatlarining eski uchastkalarini to‘liq rekonstruksiya qilish bo‘yicha uch yillik dastur qabul qilindi.
14 may 2026, 19:09 Energetika
Behzod Normatov prezident maslahatchisi etib tayinlandi
U davlat rahbarining yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat olib boradi.
14 may 2026, 18:25 Iqtisodiyot
Abdulla Abduqodirov Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori bo‘ldi
Abduqodirov 2022-yildan beri agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari edi.
14 may 2026, 18:19 IT
Google Translate “Jonli tarjima” funksiyasi internetsiz ham ishlashi mumkin bo‘ladi
Funksiya internetsiz ishlashi uchun til paketi yuklab olinadi. Dastlab ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan va portugal tillari qo‘llab-quvvatlanadi.
14 may 2026, 18:05 Transport
MASkargo Toshkent orqali muntazam yuk reyslarini yo‘lga qo‘ydi
MASkargo Toshkent aeroportidan tranzit nuqta sifatida foydalanib, haftasiga to‘rt marta reyslarni amalga oshiradi.
14 may 2026, 17:52 Qonunchilik
Ekologik toza hududlarda ayrim faoliyat turlari taqiqlanadi
Bunda hududlarda sanoat obyektlarini qurish, ayrim plastik mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish man etiladi.
14 may 2026, 17:45 IT
O‘zbekiston turkiy davlatlar bilan ilmiy sun’iy yo‘ldoshni 2027-yilda uchiradi
TDTga a’zo mamlakatlarning 12U OTS-Sat Cube sun’iy yo‘ldoshini yaratish loyihasi doirasida O‘zbekiston uning elektr dvigatelini ishlab chiqmoqda.
14 may 2026, 17:41 IT
Meta’ning reklama biznesi 2026-yilda $240 mlrddan oshishi mumkin
O‘sishning asosiy omili reklamani avtomatlashtirish va kampaniyalar samaradorligini oshirish uchun sun’iy intellekt vositalarini faol joriy etishdir.
14 may 2026, 17:03 IT
Google yangi funksiyalarga ega Android 17 tizimini taqdim etdi
Bunda Gemini AI, Chrome integratsiyasi, yangi xavfsizlik funksiyalari, 3D emojilar va Android hamda iPhone o‘rtasida fayl almashish imkoniyati bor.
14 may 2026, 16:13 Moliya
Dollar kursi yana pasaydi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 98 so‘m 6 tiyinga pasayib, 11 975,36 so‘mni tashkil etdi.