Bugun, 21:00 Biznes

Uzun, qimmat va beqaror: Yaqin Sharqdagi mojaro O‘zbekiston logistikasiga qanday ta’sir qildi?

Spot bozor ishtirokchilari bilan logistikada nimalar yuz berayotgani, yuklamani qaysi yo‘nalishlar o‘z zimmasiga olayotgani, tariflar va yetkazib berish muddatlari qanchaga oshgani hamda vaziyat qachon barqarorlashishi mumkinligi haqida suhbatlashdi.
Bugun, 20:21 Iqtisodiyot

Aprelda O‘zbekistonda ikkilamchi uy-joy narxlari 8,5% ga oshdi — ITIM

Eng yuqori o‘sish Sirdaryo qayd etildi, Surxondaryo hamda Buxoro viloyatida ham narxlar sezilarli oshgan.
Bugun, 19:20 IT

Samsung smartfonlarida keraksiz ilovalar aniqlandi

Keraksiz ilovalar sifatida Samsung Internet, Members, TV Plus, Global Goals, Tips va Shop kabilar tilga olindi.
Bugun, 18:04 Biznes

Intensiv bog‘lar uchun tadbirkorlarga islomiy moliya xizmatlaridan foydalanishga ruxsat beriladi

O‘zbekistondagi 9 ta bank sanoatlashgan bog‘larni tadbirkorlarga tayyor holda topshirishga mas’ul bo‘ladi. Agrostar kompaniyalari bilan ulushdorlik asosidagi hamkorlik tizimi joriy etiladi.
Bugun, 18:02 IT

Instagram izohlarda rasm biriktirish imkoniyatini sinovdan o‘tkazmoqda

Rasm yuborish imkoniyati hamma postlar uchun ham mavjud emas. Servis akkauntlarni qaysi mezon asosida tanlashi hozircha noma’lum.
Bugun, 17:25 Transport

Asman Airlines 24-iyundan Toshkent va Issiqko‘l o‘rtasida muntazam parvozlarni boshlamoqchi

Kelgusida O‘sh, Qoraqo‘l va Bishkek yo‘nalishlarini ochish, O‘zbekistonning boshqa hududlariga ham aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish ko‘rib chiqilmoqda.
Bugun, 17:00 Biznes

Click Avto: O‘zbekiston avtomobil bozorida foydalanuvchi tajribasi qanday o‘zgarmoqda?

O‘zbekistonda avtomobil egalari uchun raqamli servislar tobora ommalashmoqda. Click Avto esa sug‘urta va avtobozor xizmatlarini bitta platformada birlashtirib, foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratmoqda.
Bugun, 16:36 Iqtisodiyot

“Yillik daromad 10 mln so‘mga ham yetmaydi”: Mirziyoyev eski va yaroqsiz bog‘larni yangilashni topshirdi

Sanoatlashgan bog‘ barpo etilmagan maydonlar uchun yer va suv soliqlarini oshirish, ikki yil davomida natija bo‘lmasa, suv ta’minotini cheklash taklif qilindi.
Bugun, 16:10 Moliya

Dollar kursi ko‘tarildi

Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 11 so‘mga oshib, 11 986,30 so‘mni tashkil etdi
Bugun, 15:19 Iqtisodiyot

Mirziyoyev va Japarov Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishini tezlashtirish masalasini muhokama qildi

Qiymati $4,7 mlrdlik loyiha qurilishi bundan bir yarim yil avval boshlangan bo‘lib, o‘tgan yil oxirida uni moliyalashtirish bitimi imzolangan edi.
Bugun, 15:11 Xorij xabarlari

Florida shtatidagi aeroport Donald Tramp nomiga o‘zgartiriladi

9-iyuldan boshlab Palm-Bich xalqaro aeroporti rasmiy ravishda Tramp sharafiga qayta nomlanadi.
Bugun, 14:49 Transport

O‘zbekiston va Afg‘oniston Ayritom chegara postida yashil yo‘lak tashkil etishni rejalashtirmoqda

Tomonlar Hayraton-Ayritom bojxona postidagi yuklar tirbandligini kamaytirish hamda bojxona jarayonlarini tezlashtirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.
Bugun, 14:21 IT

OpenAI ChatGPT’ning sust integratsiyasi sabab Apple’ni sudga berishi mumkin

Qayd etilishicha, kompaniya Apple bilan hamkorlikda chuqurroq integratsiyani va Siri’da ko‘zga ko‘rinarliroq o‘rinni kutgan.
Bugun, 14:17 Transport

Endi Toshkentda noto‘g‘ri “parkovka” qilingan avtomobillar jarima maydoniga olib ketiladi

Poytaxtning turli hududlarida avtomobillarning piyodalar yo‘laklari, bekatlar va taqiqlangan joylarda qoldirilishi harakat xavfsizligiga to‘sqinlik qilmoqda.
Bugun, 13:53 Biznes

Samsung’dagi ish tashlash Janubiy Koreya iqtisodiyotiga $66 mlrdga tushishi mumkin

Mojaroga yarimo‘tkazgichlar sanoatidagi o‘sish fonida bonus va mukofotlar miqdori bo‘yicha kelishmovchilik sabab bo‘ldi.
Bugun, 13:41 Moliya

Nosozliklar va asossiz komissiyalar: Markaziy bank bank va to‘lov xizmatlarini bankomatlar ishini yaxshilashga chaqirdi

Naqd pul berilmasligi, kartaning bankomatda qolib ketishi yoki muvaffaqiyatsiz operatsiyalar uchun komissiya ushlab qolinishi kabi holatlar iste’molchilar manfaatlariga ta’sir qilmoqda.
Bugun, 13:16 Energetika

1-iyundan O‘zbekistonda elektr va gaz tariflari oshadi

Aholi uchun elektr energiyasi narxi iste’mol hajmiga qarab 650 so‘mdan 1 100 so‘mgacha, tabiiy gaz esa mavsumga qarab 1 kub metr uchun 1 100 so‘mdan hisoblanadi.
Bugun, 13:00 Biznes

ANORBANK xalqaro moliyalashtirishni jalb qilmoqda: responsAbility va Triple Jump’dan $15 mln

Mablag‘lar O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi — bu bankka tadbirkorlarni kreditlashni kengaytirish va ularning o‘sish imkoniyatlarini mustahkamlashga yordam beradi.
Bugun, 11:08 Energetika

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 4 mlrd kVt/soat yashil energiya ishlab chiqarildi

Shundan 2 mlrd 315 mln kVt⋅soat quyosh fotoelektr stansiyalari, 1 mlrd 685 mln kVt⋅soat esa shamol elektr stansiyalari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Bugun, 10:30 Qonunchilik

O‘qituvchilar farzandlari uchun kontraktga 30% chegirma berish rejalashtirilmoqda

Chegirma davlat OTMlarida bazaviy kontrakt asosida o‘qiyotgan va talabalikka tavsiya etilganlar uchun amal qiladi.
Bugun, 09:37 Energetika

O‘zbekistonda elektr va gaz tariflari ko‘tarilishi kutilmoqda

Narxlar taxminan 10% ga oshirilishi mumkin. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori joriy hafta oxirigacha tasdiqlanishi kutilmoqda.
Bugun, 09:00 Biznes

Shaharda bir daqiqada pul haqida gapirib beradigan yigitlar paydo bo‘ldi

InfinBANK jamoasi biznesga terminaldan to‘lovlarni kutishni qanday qisqartirishni tushuntirish uchun shaharga chiqdi. Kampaniya ishtirokchilari 60 soniyagacha pul hisob raqamiga tushadigan yechim haqida so‘zlab berishdi.
Kecha, 20:01 Transport

Pushkin bekatidan TTZgacha bo‘lgan metro yo‘nalishida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda — transport vaziri

Qurilishi 1970-yillarda boshlangan metro bekatlarining eski uchastkalarini to‘liq rekonstruksiya qilish bo‘yicha uch yillik dastur qabul qilindi.
Kecha, 19:09 Energetika

Behzod Normatov prezident maslahatchisi etib tayinlandi

U davlat rahbarining yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat olib boradi.
Kecha, 18:25 Iqtisodiyot

Abdulla Abduqodirov Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori bo‘ldi

Abduqodirov 2022-yildan beri agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari edi.
Kecha, 18:19 IT

Google Translate “Jonli tarjima” funksiyasi internetsiz ham ishlashi mumkin bo‘ladi

Funksiya internetsiz ishlashi uchun til paketi yuklab olinadi. Dastlab ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan va portugal tillari qo‘llab-quvvatlanadi.
Kecha, 18:05 Transport

MASkargo Toshkent orqali muntazam yuk reyslarini yo‘lga qo‘ydi

MASkargo Toshkent aeroportidan tranzit nuqta sifatida foydalanib, haftasiga to‘rt marta reyslarni amalga oshiradi.
Kecha, 17:52 Qonunchilik

Ekologik toza hududlarda ayrim faoliyat turlari taqiqlanadi

Bunda hududlarda sanoat obyektlarini qurish, ayrim plastik mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish man etiladi.
Kecha, 17:45 IT

O‘zbekiston turkiy davlatlar bilan ilmiy sun’iy yo‘ldoshni 2027-yilda uchiradi

TDTga a’zo mamlakatlarning 12U OTS-Sat Cube sun’iy yo‘ldoshini yaratish loyihasi doirasida O‘zbekiston uning elektr dvigatelini ishlab chiqmoqda.
Kecha, 17:41 IT

Meta’ning reklama biznesi 2026-yilda $240 mlrddan oshishi mumkin

O‘sishning asosiy omili reklamani avtomatlashtirish va kampaniyalar samaradorligini oshirish uchun sun’iy intellekt vositalarini faol joriy etishdir.
Kecha, 17:03 IT

Google yangi funksiyalarga ega Android 17 tizimini taqdim etdi

Bunda Gemini AI, Chrome integratsiyasi, yangi xavfsizlik funksiyalari, 3D emojilar va Android hamda iPhone o‘rtasida fayl almashish imkoniyati bor.
Kecha, 16:13 Moliya

Dollar kursi yana pasaydi

Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 98 so‘m 6 tiyinga pasayib, 11 975,36 so‘mni tashkil etdi.
Kecha, 16:11 Iqtisodiyot

Migratsiya agentligining Koreyadagi sobiq rahbariga xalqaro qidiruv e‘lon qildi

Interpol sayti ma‘lumotlariga ko‘ra, Azizbek Toshtemirov firibgarlikda ayblanmoqda.
Kecha, 15:45 Energetika

“O‘zbekiston salmoqli resurs salohiyatiga ega”: bp Ustyurtdagi loyihaning 40% ini sotib oldi

bp O‘zbekneftgaz va SOCAR‘dan teng ulushlarni sotib olib, neft va gaz qazib olish loyihasining eng yirik ishtirokchisiga aylandi.
Kecha, 14:54 IT

Trump Mobile T1 smartfoni shu hafta xaridorlarga yetkazib berila boshlaydi

Dastlab smartfonni 2025-yilning yozida chiqarish rejalashtirilgan edi, biroq taqdimot sanasi bir necha bor ortga surildi.
Kecha, 14:17 Iqtisodiyot

O‘zbekistonda ipoteka subsidiyalari ikkilamchi bozorga ham berilishi mumkin

Hozirda energiya samarador uy-joylarga talabni oshirish va qurilish sektorini qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiyalar faqat birlamchi bozor uchun ajratiladi.
Kecha, 14:05 Iqtisodiyot

Qirg‘izistonda banklarga kriptovalyuta sotib olish va sotishga ruxsat berilishi mumkin

Bank va boshqa moliya tashkilotlariga kriptovalyuta oldi-sotdisi hamda ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Kecha, 13:22 IT

Stokgolmda sun’iy intellekt tomonidan boshqariladigan kafe ochildi

Baristalar odatdagidek qahva tayyorlab, mijozlarga xizmat ko‘rsatadi, qolgan qarorlarni esa sun’iy intellekt algoritmi qabul qiladi.
Kecha, 12:30 Energetika

SOCAR kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochadi

Shavkat Mirziyoyev SOCAR va BP rahbariyati bilan energetika va Ustyurtdagi qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.
Kecha, 12:26 Qonunchilik

Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq qariyb $90 mlnlik korrupsion sxema fosh etildi

Tergovda jinoiy guruh fuqarolardan noqonuniy ravishda jami $45 mln olgani maʼlum bo‘ldi.
Yangiliklarni o‘tkazib yubormang!
Spotda ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting